O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 14-fevraldagi PQ-61–sonli qaroriga muvofiq, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining mehnat bozoriga integratsiyasini kuchaytirish, yoshlar bandligini ta’minlash va ish beruvchilar bilan yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Oriental universitetida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Unda O'ZR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti ham o'z vakant o'rinlari bilan ishtirok etdi. Bitiruvchilar va yarmarka mehmonlari uchun institut yetekchi ilmiy hodimi, t.f.d. Sherali Qo'ldashev tanishtirdi.



 
                