"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI

Wednesday, 23 July 2025 03:48

Akademik Dilorom Yusupova

Rate this item
(0 votes)

Taniqli manbashunos olima, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Yusupova Dilorom Yunusovna 1941-yil 21-iyulda Toshkent shahrida ziyoli oilada tugʻilgan.
1958-yilda oʻrta maktabni aʼlo baholar bilan tugatib, Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning Sharq fakultetiga oʻqishga kirgan. 1963-yilda universitetni muvaffaqiyatli tamomlab, shu yildan mehnat faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida davom ettirgan.

Dilorom Yusupova oʻrta asrlarning yirik tarixchisi va davlat arbobi Fasih Xavofiyning Amir Temur hokimiyatga kelish arafasidan to Temuriylargacha boʻlgan 140 yillik davrni qamrab olgan "Mujmali Fasixiy" nomli asarni fors tilidan rus tiliga oʻgirib, unga mukammal ilmiy izohlar berib, 1980-yil nashr etdi, 2018-yilda esa, bu noyob manbaning toʻldirilgan tarjimasini oʻzbek tiliga chop qildi. U ushbu yirik asarning tarjimasini amalga oshiribgina qolmay, uning ustida chuqur ilmiy tadqiqotlar olib bordi. Ilmiy ishlarining natijalari sifatida 1974-yilda “Mujmali Fasixiy” – Oʻrta Osiyo va Oʻrta Sharq tarixi va madaniyati tarixi manbasi sifatida” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini, 2001-yilda esa Xondamir ijodi boʻyicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Dilorom Yusupova hali sharqshunoslikda nomaʼlum boʻlgan qimmatli maʼlumotlarni ilmiy jihatdan tahlil etib, fanni boyitdi va shu davri boʻyicha tarix fanlari doktori ilmiy darajasini oldi.

Dilorom Yusupova koʻp yillik mehnatlari natijasida 2011-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni, 2021-yilda “ koʻkrak nishoni bilan, 2023-yil “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Akademik Dilorom Yunusovnani bugungi tavallud ayyomi bilan O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi jamoasi nomidan muborakbod etamiz. Ilm atalmish bu mashaqqatli yo’lda yana uzoq yillar sobitqadamlik bilan mamlakatimiz ilm-fani rivojida o’z hissalarini qo’shishda, yoshlarga ilm ziyosini taratishda charchamasliklarini tilab qolamiz!

Read 362 times

BIZ BILAN BOG'LANISH

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…