2025-yilning 12-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida Turkiya Respublikasining Sulton Ahmad vaqfi huzuridagi Qo‘lyozmalarni tadqiq qilish markazi direktori Mahmud Misriy, mutaxassislar Faysal al- Hafayon, Aymon Fuod Sayyid, Bashshor Avvod Ma’ruf va Iyod at-Tabbo’ ishtirokida manbashunos va matnshunos mutaxassislar uchun qo‘lyozmalarni o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy seminar bo’lib o‘tdi. Mazkur ilmiy seminarda soha mutaxassislari Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti xodimlari uchun o‘z mavzulari bo‘yicha ma’ruzalar qilishdi. Xususan, Prof. Iyod at-Tabbo’ “Siyrat va shamoil matnlarini tahqiq qilish” bo‘yicha ma’ruza qildi. Prof. Aymon Fuod Sayyid esa “Tarixiy matnlarni tanqidiy nashr etish qoidalari” va “Yoʻqolgan tarixiy matnlarni qayta tiklash” bo‘yicha ma’ruza qildi. Ma’ruzadan so‘ng xodimlar ma’ruzachilarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar berishdi. Ilmiy ma’ruza juda sermazmun bo‘lib o‘tdi va institut xodimlari bu seminardan manbashunoslik, matnshunoslik va qo‘lyozmalarni o‘rganish sohasi bo‘yicha ko’pgina yangi ma’lumotlarga ega bo’lishdi. Seminar yuqori ilmiy saviyada o‘tdi va ishtirokchilar uchun ham, taklif etilgan tadqiqotchilar uchun ham juda samarali bo‘ldi.