O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va san’at homiysi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi PQ-46-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xalqaro Amir Temur jamoat fondi tomonidan nashr etilgan yangi kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Amir Temur hayotligida yozilgan nodir manbalardan biri — G‘iyosuddin Ali qalamiga mansub "Hindiston yurishi kundaligi" hamda tarixchi olimlarning maqolalaridan iborat ingliz tilidagi "Amir Temur’s Legacy of Wisdom" jamoatchilikka taqdim etildi.
Taqdimot Amir Temur merosini o‘rganish va ommalashtirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.









