"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI


Warning: Creating default object from empty value in /home/diaatuz/domains/beruni.uz/public_html/components/com_k2/views/itemlist/view.html.php on line 743
Yangiliklar

Yangiliklar (504)

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Buyuk mutafakkir va qomusiy olim Аbu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash toʼgʼrisida”gi qarori qabul qilindi.
Xususan, mazkur qaror bilan Fanlar akademiyasining Qoraqalpogʼiston boʼlimi va Xorazm Maʼmun akademiyasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularda madaniy meros obyektlari, shu jumladan, arxeologiya merosi obyektlari, muzey ashyolarini restavratsiya va konservatsiya qilishga ixtisoslashgan laboratoriya tashkil qilish hamda ularni zamonaviy jihozlar bilan taʼminlash hamda Аbu Rayhon Beruniy merosini oʼrganish maqsadida xalqaro miqyosda keng koʼlamli ilmiy izlanishlar olib borish va ularning natijalarini eʼlon qilish, shu mavzuda ilmiy, badiiy-publitsistik asarlar yaratish, xorijiy olimlarning asarlarini oʼzbek va qoraqalpoq tillarida nashr qilish belgilandi.

2022-yil 4-5-avgust kunlari O'zR FA Sharqshunoslik institutida Islom hamkorlik tashkiloti huzuridagi Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRCICA), O’zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi va Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bilan hamkorlikda “Qadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq etishning dolzarb masalalari” mavzusida akademik U.Karimov nomidagi yosh sharqshunoslarning XVIII xalqaro konferensiyasi o‘tkaziladi.
Konferensiya 4-avgust kuni soat 10:00 da Institut majlislar zalida boshlanadi. Konferensiya o’zbek, turk, ingliz va rus tillarida olib boriladi.

Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug’bek ko’chasi, 79.

 

Dastur

“Хожагон-нақшбандия таълимотининг илдизлари ва шаклланиш манбалари (IX–XIV асрлар)” мавзусида.

Ўзбекистон Фанлар академияси Абу Райҳон Беруний номидаги Шарқшунослик институти ҳузуридаги DSc.02/30.12.2019.Tar.44.01 рақамли Илмий кенгашнинг 2022 йил 10 август куни соат 14:30 даги мажлисида тадқиқотчи Раҳимов Комилжон Раҳматовичнинг “Хожагон-нақшбандия таълимотининг илдизлари ва шаклланиш манбалари (IX–XIV асрлар)” мавзусидаги 07.00.08 – Тарихшунослик, манбашунослик ва тарихий тадқиқот усуллари ва 07.00.03 – Жаҳон тарихи ихтисосликлари бўйича тарих фанлари доктори (DSc) ҳимояси онлайн/оффлайн бўлиб ўтади.

Манзил: 100170, Тошкент шаҳри, М.Улуғбек кўчаси, 79-уй, Ўзбекистон Фанлар академияси Абу Райҳон Беруний номидаги Шарқшунослик институти, 2-қават, Мажлислар зали. 

Тел.: (99871) 262 54 61, Факс: (99871) 262-52-77, e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

 

http://beruni.uz/en-ca/component/k2/item/432-avtorefkr.html

 

Tuesday, 10 May 2022 05:27

Yosh navoiyshunoslar

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti hamkorligida 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan XX asr o‘zbek navoiyshunosligining dovrug‘li vakili, professor Suyima G‘aniyeva xotirasiga bag‘ishlangan anʼanaviy “Yosh navoiyshunoslar” III anjumani anʼanaviy va onlayn shaklda o‘tkaziladi.

.

O‘tkazilish sanasi: 10.05.2022 yil, soat 10:00

Manzil: Toshkent shahar, Shahrisabz ko‘chasi, 16-uy

 

 

O‘ZBEKISTON QAHRAMONI SUYIMA G‘ANIYEVA
XOTIRASIGA BAG‘ISHLANGAN AN’ANAVIY “YOSH
NAVOIYSHUNOSLAR” III ILMIY-AMALIY ANJUMANI

TAKLIFNOMA VA DASTURI

Page 28 of 36

BIZ BILAN BOG'LANISH

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…