"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI

Warning: Creating default object from empty value in /home/diaatuz/domains/beruni.uz/public_html/components/com_k2/views/itemlist/view.html.php on line 743
Samarqandda “Buyuk ajdodlar merosi – III Renessan poydevori” Xalqaro kongressida dunyoning 300 ga yaqin olimlari, muzey ва kutubxona rahbarlari, xalqaro va xorijiy tashkilotlar vakillari O'zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash ва ommalashtirishga oid loyihalar taqdimoti bilan tanishib, muhokamalar o‘tkazmoqda. Unda Sharqshunoslik institutining bir qator olimlari ham ishtirok etmoqda. Kongressda O'zbekiston islom sivilizatsiyasi markazining muzey ekspozitsiyalarining bo'limlari muhokamasi ham bo'lib o'tmoqda.
Kongressda Sharqshunoslik instituti direktori o'rinbosari, tarix fanlari doktori, professor Surayyo Karimova ISM muzeyining Ilm-fan bo'limining loyihasi taqdimotini xorijlik olimlarga taqdim etdi. Bundan ko'zlangan maqsad, bo'lim ekspozitsiyasini shakllantirishda ularning fikr-mulohazalarini eshitish.




2024-yil 22-Avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutiga Qatar Milliy kutubxonasi ijrochi direktori Tan Huism tashrif buyurdi. Martabali mehmon institut direktori Prof. Bahrom Abduhalimov bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida mehmonga institutning ilmiy faoliyati, xodimlar tomonidan chiqarilgan so‘ngi nashrlar va instutut yangi binosi haqida ma’lumotlar berildi. Uchrashuvda ikki tomonlama amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan istiqbolli loyihalar haqida takliflar berildi.
Undan keyin mehmonga institutning restavratsiya, skanerlash bo‘limlari va kutubxonasi ko‘rsatilib, institut faoliyati bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Mehmonga institutning faoliyati, yangi binosi va ilmiy nashrlari juda katta ta’surot qoldirib, iliq qabul uchun katta minnatdorchilik bildirdi.






⚡️ “Янги Ўзбекистон” газетасида чоп этилган "Янги Ўзбекистонга мунсиб нуфузли илмий лойиҳа” номли мақоланинг аудио вариантини тинглашингиз мумкин.