"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI

Warning: Creating default object from empty value in /home/diaatuz/domains/beruni.uz/public_html/components/com_k2/views/itemlist/view.html.php on line 743
BuxDU profesori, Oliy majlis Qonunchililik palatasi deputati, taniqli tilshunos olim professor T.R.Choriyev hamda BuxDU bitiruvchisi, yetuk sharqshunos olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori (DSc) K.Rahimovlar universitetimiz talabalari uchun 60 dan ortiq ilmiy, badiiy va adabiy kitoblarni taqdim etishdi. Kitoblar taqdimotida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor R.G‘.Jumayev, filologiya fakulteti dekani D.Z.Rajabov, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri H. P.Eshonqulov, O‘zbek tili adabiyoti kafedrasi dotsenti, f.f.d (DSc) N.J.Bekova, yosh tadqiqotchilar ishtirok etishdi. Taqdimotda so‘zga chiqqanlar BuxDU ARMiga topshirilgan kitoblarning talaba yoshlar, tadqiqotchilar uchun noyob manba ekanligini alohida ta’kidlashdi.




Ayniqsa, filolog, matnshunos va manbashunos, tarix, falsafa va siyosatshunos bo‘lish uchun intilayotgan talabalarimizning ilm ziyosini yanada kengayishi uchun noyob manbalar ekanligi ta’kidlandi. Mehmonlarga ARMda yaratilgan shart sharoitlar iliq taassurot qoldirdi. Fondda mavjud bo‘lgan qo‘lyozmalarlarni o‘qib o‘rganish barobarida, ularning kelajakdagi nashri, joriy yozuvga o‘tkazish hamda ilmiy-tadqiqot jaryonlariga olib kirish maslalari ko‘rib chiqildi.
????Boku shahrida O'zbekiston madaniy merosini o'rganish, asrash va ommalashtirish bo'yicha Butunjahon jamiyati delegatsiyasi Ozarbayjon Milliy Fanlar akademiyasi Muhammad Fuzuliy nomidagi Qo‘lyozmalar instituti direktori Teymur Gashim o‘g‘li Karimli bilan uchrashdi.

✅ Uchrashuvda Ozarbayjon kolleksiyalaridagi o‘zbek to‘plami haqidagi kitobni chop etishda hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

?O‘zbek qo‘lyozmalariga bag‘ishlangan bo‘limga olimlar, shoirlar, madaniyat arboblarining arab, fors va o‘zbek tillaridagi 90 dan ortiq qo‘lyozmalari kiritiladi. Bular Alisher Navoiy, Bobur, Abu Ali ibn Sino, Imom al-Buxoriy, Ulug‘bek va Jomiy asarlaridir. To‘plamdagi nodir durdonalardan biri Abu Ali ibn Sinoning “Al Qonun fi at-tibb” (II tom. 537/1143 yil) qo‘lyozmasi hisoblanadi.
O`monlik olimlar tashrifi
14 dekabr 2022 yil, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Sharqshunoslik institutiga O’mon Sultonligi Nizva universitetining arab-tili mutaxassisi Dr. Said Al-Zubaydiy va mazkur universitetning arab tili bo’limi mudiri Dr. Masud Said Al-Hadidiy va O’zbekiton Davlat Jahon tillari Universitetining Tarjimonlik fakulteti, Arab-tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o’qituvchisi Dr. Xelal Kadhom tashrif buyurdilar.
Mehmonlarni institutning ilmiy kotibi N.Jabborov, fond mudiri Sh.Islomov va Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i U.Raxmanovlar kutib olishdi. Mehmonlarga dastlab institutning yangi binosi ko’rsatildi.




Institut faoliyati va unda amalga oshirilayotgan ishlar haqida N.Jabborov mehmonlarni tanishtirib o’tdi. Shundan keyin mehmonlar restavratsiya va skanerlash bo’limi faoliyati, unda amalga oshiralayotgan ishlar haqida yaqindan tanishdilar. Institut faoliyati mehmonlarga juda katta ta’surot qoldirdi.