"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI

Saturday, 31 May 2025 03:32

Tug'ilgan kun!

Rate this item
(0 votes)

Surayyo Ubaydullayevna Karimova 1955-yil 30-mayda Toshkent shahrida ziyoli oilasida tug‘ilgan. 1977-yilda Toshkent davlat universitetining kimyo fakultetini tamomlagan. Kimyo fanlari nomzodi – 1983-yilda “Alkaloidi rasteniy roda Glaucium” mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan.

1980-yilda Sharqshunoslik universitetining Sharq fakulteti huzuridagi kechki arab tili kurslarini tugatib, 1984-yildan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutiga ishga kiradi. S. Karimova shu institutda avval kichik ilmiy, katta ilmiy xodim, bo‘lim mudiri bo‘lib, 2003-yildan hozirga qadar shu institut direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.

S. U. Karimovaning ilmiy va tashkiliy faoliyati munosib taqdirlangan – u “Mehnat shuhrati” (2007 y.), “Fidokorona xizmatlari uchun” (2019 y.) ordenlari hamda Kuvaytning Abdulaziz Baptin nomidagi xalqaro mukofotiga (2004) sazovor bo‘lgan.

Read 134 times

BIZ BILAN BOG'LANISH

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…