2025-yil 27-Oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutiga O‘mon Sultonligidan yurtimizga sayohat qilish maqsadida kelgan sayyohlar tashrif buyurishdi. Mehmonlarni institutning ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Surayyo Karimova, Katta ilmiy xodim Nemat Jabborov, Xalqaro aloqalar bo‘limi mutaxassisi Umid Raxmanovlar kutib olishdi.
Mehmonlarga dastlab institutning ilmiy faoliyati, institut ilmiy-tadqiqot bo‘limlari va institut xodimlari tomonidan nashr etilgan kitoblar haqida ma’lumot berib o‘tildi. Shundan keyin mehmonlar majlislar zaliga tushib, institut binosining ochilish marosimi va qurilish bosqichi suratga olingan video lavhani tomosha qilishdi. Undan keyin mehmonga institutning restavratsiya va skanerlash bo’limlari ko’rsatilib, yangi bino qurilishi bo’yicha ma’lumotlar berildi. Mehmonlarga institutning faoliyati, yangi binosi va ilmiy nashrlari juda katta ta’surot qoldirib, iliq qabul uchun katta minnatdorchilik bildirdi.











 
                