"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI


Warning: Creating default object from empty value in /home/diaatuz/domains/beruni.uz/public_html/components/com_k2/views/itemlist/view.html.php on line 743

IRCICA, Özbekistan Bilimler Akademisi'nin Abu Rayhan Biruni Şarkiyat Enstitüsü ile bu enstitünün Genç Akademisyenler Konseyi ve Taşkent Devlet Şarkiyat Üniversitesi tarafından 23 Nisan 2025’te hibrit formatta tertiplenen “Akademisyen Ubaydulla Karimov'un Doğumunun 105. Yıldönümü Vesilesiyle 20. Uluslararası Oryantalistler Konferansı” çerçevesinde sunumlar yaptı. 

Joriy yilning 23-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida akademik Ubaydulla Karimov nomidagi sharqshunoslarning an’anaviy XX xalqaro anjumani  bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Fanlar akademiyasi tizimidagi institut va muzeylar, bir nechta OTMlar, boshqa bir qator mahalliy va xorijiy hamkor tashkilotlar vakillari hamda rahbarlari ishtirok etdi. IRCICA xalqaro tashkiloti, Ohayo universiteti (AQSh), Sukuba universiteti (Yaponiya), Boku davlat universiteti (Ozarbayjon), Erciyes universiteti (Turkiya), , Ozarbayjon Fanlar akademiyasi Folklor instituti (Ozarbayjon), Ozarbayjon Fanlar akademiyasi Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot instituti (Ozarbayjon),  Ondokuz Mayıs universiteti (Turkiya), Ukraina milliy universiteti (Ukraina), Xitoy tadqiqoti markazi (Qozog‘izton), R.B.Sulaymonov nomidagi Sharqshunoslik instituti (Qozog‘iston),   Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Tarix instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Alfraganus universiteti, Milliy arxeologiya markazi, Buxoro davlat universiteti, Buxoro innovatsiyalar universiteti, Ma’mun universiteti, Termiz davlat universiteti, Guliston davlat universiteti, Samarqand davlat universiteti, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, O‘zbekiston Milliy arxivi, O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Andijon davlat universiteti, Oriental universiteti, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti v.b. shular jumlasidandir.

Mazkur anjuman mamlakatimiz va xorijiy mamlakatlardan yetakchi sharqshunos olimlar, tarixchilar, filologlar, islomshunoslar va boshqa mutaxassislarni bir maydonga jamladi. Tadbir O‘zbekistonning boy ilmiy va madaniy merosini chuqur tadqiq qilish, zamonaviy ilmiy yondashuvlarni ilgari surish va xalqaro ilmiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qildi.

Konferensiya ishini O‘zR FA vitse-prezidenti, Sharqshunoslik instituti direktori, t.f.d., professor Bahrom Abduhalimovning ochilish nutqi boshlab berdi. Shuningdek, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori, f.f.n., professor Gulchehra Rixsiyeva va IRCICA Bosh direktori Prof. Dr. Mahmud Erol Kılıç tabrik so‘zlari bilan ishtirok etdilar.

Yalpi majlisda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Yaponiya, Eron, Turkiya va boshqa davlatlardan qatnashgan olimlarning Markaziy Osiyo tarixi, madaniy merosi, islomshunoslik, filologiya va manbashunoslik sohalariga oid ilmiy ma’ruzalari tinglandi.

Konferensiya doirasida bir nechta sho‘balar faoliyat yuritdi: Tarixshunoslik va manbashunoslik, Markaziy Osiyo tarixi, Islomshunoslik, Filologiya va adabiy manbashunoslik, Xorijiy Sharq mamlakatlari tarixi kabi mavzular bo‘yicha 80 dan ortiq ilmiy ma’ruza taqdim etildi. Har bir sho‘bada soha yetakchilari moderatorlik qilib, dolzarb mavzular atrofida keng ilmiy munozaralar olib borildi.

Mazkur konferensiya ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, yangi tadqiqot yo‘nalishlarini belgilash va yosh tadqiqotchilarning faolligini oshirishda muhim platforma sifatida xizmat qildi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 14-fevraldagi PQ-61–sonli qaroriga muvofiq, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining mehnat bozoriga integratsiyasini kuchaytirish, yoshlar bandligini ta’minlash va ish beruvchilar bilan yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Oriental universitetida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Unda O'ZR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti ham o'z vakant o'rinlari bilan ishtirok etdi. Bitiruvchilar va yarmarka mehmonlari uchun institut  yetekchi ilmiy hodimi, t.f.d. Sherali Qo'ldashev tanishtirdi.

 

 

 

— Ўзбекистондаги Ислом цивилизацияси марказига ташриф буюрадиган ҳар бир киши сайёҳ бўладими, олим, ўқувчи ёки бошқа касб вакили албатта, ўз соҳасига оид бўлган нарсаларга кўпроқ қизиқиш билдиради. Шунинг учун ҳам марказ экспозициясидаги экспонатларнинг хилма-хиллиги эътиборга молик. Бизнинг ҳозирги вазифамиз ҳам шу ҳақида бош қотиришдан иборат. Муҳокамаларимиз ҳали давом этади. Албатта, Ўзбекистондаги Ислом цивилизацияси маркази экспозициясини бойитишда юртимиздаги ҳар бир олимнинг фикри биз учун муҳим!

Ислом цивилизацияси маркази Ахборот хизмати

Page 26 of 112

BIZ BILAN BOG'LANISH

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…