"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI

Warning: Creating default object from empty value in /home/diaatuz/domains/beruni.uz/public_html/components/com_k2/views/itemlist/view.html.php on line 743
Markazning eng asosiy qismida Qur’oni karim zali bunyod etilmoqda. Bu yerda musulmon dunyosining ma’naviy durdonasi – qadimiy Usmon Mus’hafi joylashtiriladi. Shuningdek, somoniylar, qoraxoniylar, xorazmshohlar, O‘zbekxon, temuriylar va boshqa tarixiy sulolalar davrida bitilgan muqaddas kitobimiz nusxalari va ularning eski o‘zbek tilidagi tarjimalari qo‘yiladi. Jahondagi eng nodir qo‘lyozma Qur’onlardan namunalar ham o‘rin oladi.
Markazda 460 o‘rinli anjumanlar zali ham qurib bitkazildi. Bu yerda turli xalqaro uchrashuvlar anjumanlar o‘tkazish uchun barcha sharoit yaratilgan, eng so‘nggi rusumdagi texnika vositalari bilan jihozlangan.
Prezidentimiz markazga tutash hududda barpo etilgan savdo va xizmat ko‘rsatish inshootlari bilan ham tanishdi.



O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni imzolandi.
Farmonga koʻra “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan sharqshunos, tarixchi, xitoyshunos, tarix fanlari doktori, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti bo‘lim boshlig‘i Ablat Xodjayev mukofotlandi.
Institut jamoasi ustozni ushbu yuksak mukofot bilan muborakbod etadi.
18-avgust kuni Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Bahrom Abduhalimov boshchiligidagi delegatsiya Xalqaro Turk akademiyasiga tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi direktori Farhod Maqsudov ham bor edi. Turk akademiyasi prezidenti Shahin Mustafoyev, avvalo, mehmonlarni Akademiya faoliyati bilan tanishtirdi, muzey koʻrgazmalari va tashkilotning soʻnggi nashrlarini taqdim etdi.



Muzokaralar davomida asosiy e'tibor Oʻzbekiston olimlarining Akademiya qoʻshma loyihalariga qoʻshayotgan hissasiga qaratildi. Bahrom Abduhalimov oʻzaro ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlash muhimligini alohida ta’kidladi va olib borilayotgan ishlarning yuqori darajasini e'tirof etdi.
Joriy yilning 19-avgust kuni "O'zbekiston 24" teleradiokompaniyasining "Ortga qaytmas islohotlar" nomli ko'rsatuvi efirga uzatildi. unda O'zR FA YOK (yosh olimlar kengashi) a'zolari davlatimiz tomonidan yosh olimlarni ilm-fanga jalb etish borasidagi ishlar shuningdek sohadagi yosh olimlarning bugungi kundagi ishlari haqida so'z yuritganlar. Unda O'zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti YOK raisi A.Idiyev ham o'z fikr va mulohazalarini o'rtoqlashdi.a