"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI

Warning: Creating default object from empty value in /home/diaatuz/domains/beruni.uz/public_html/components/com_k2/views/itemlist/view.html.php on line 743
 
            
                        
            Yangiliklar (504)
O`ZBEKISTON-OMON" DO`STLIK JAMIYATINING TA`SIS YIG`ILISHI

O‘zbekiston Respurblikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining 2024-yil 16-martdagi 26-son bayoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-fevraldagi PF-37-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tomonidan yangi О‘zbekiston Chexiya, Belorus, О‘mon, Shimoliy Makedoniya, Kanada, Ispaniya bilan dо‘stlik jamiyatlarini tashkil etish bo’yicha ta’sis majlislari o’tkazildi.

Chet mamlakatlar bilan doʻstlik va madaniy-maʼrifiy aloqalarni zamon talablari asosida rivojlantirish, Oʻzbekiston hayotining turli jabhalarida erishilayotgan yutuqlarni chet ellarda keng targib qilish, xorijiy mamlakatlar jamoatchiligini xalqimizning boy tarixi, madaniyati, adabiyoti va sanʼati bilan muntazam tanishtirib borish, xalq diplomatiyasi imkoniyatlaridan kengroq foydalanib yuqorida qayd etilgan mamalakatlar bilan aloqalarimiz har sohada yanada rivojlanishi kutilmoqda..
“O‘zbekiston-O‘man” do’stlik jamiyatini tashkil etish uchun yig’ilish bo’lib o’tdi
2024-yil 11-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida “O‘zbekiston-O‘man” do’stlik jamiyatini tashkil etish uchun yig’ilish bo’lib o’tdi. Yig‘ilishni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti direktori Prof. B. Abduhalimov ochib berdi.

B.Abduhalimov o‘z nutqida O‘zbekiston xorij davlatlari bilan har tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirayotgan bir davrda, do‘stlik jamiyatlari muhim ahamiyat kasb etishini va aloqalarni yanada rivojlantirishini ta’kidlab o‘tdi. Shundan keyin yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisi o‘rinbosari Toshev Azamat so‘zga chiqdi.

U o‘z nutqida hozirgi O‘zbekiston keng dunyoga ochilib borayotganini, yurtimizga ko‘plab investorlar qiziqish bildirayotganini ta’kidlab, hozir ta’sis etilayotgan do‘stlik jamiyatlari xorijiy aloqalarni yanada yuksaltirishga asos bo‘lib xizmat qilishini ta’kidlab o‘tdi. Yig‘ilishda do‘stlik jamiyati raisi, o‘rinbosari va jamiyat tarkibi bir ovozdan ma’qullanib saylandi.
 
  
 
  
Elchilik tarixi
O'zbekiston uchinchi renessans ostonasida ko'rsatuvi
Akademik B.Ahmedov merosi
Bugun Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik institutida akademik B.Ahmedov merosini keng jamoatchilikka tanishtirish maqsadida xotira kechasi tashkil etildi



ART&SCIENCE elektron jurnali 3-son 1-qismi
?O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Ilm-fan targ‘iboti markazining ART&SCIENCE elektron jurnali 3-son 1-qismi tarix fanlari doktori, professor Bahrom Abduhalimov bilan bo'lib o'tgan suhbatga bag'ishlandi. Intervyu davomida "III Renessans" va Yangi O'zbekiston" atamalarining ijtimoiy hayotdagi roli, mazmuni xususida tarixiy misollar kesimida yoritib o'tildi. Shu bilan birga sharqshunoslik, qo'lyozma manbalarni saqlash yuzasidan bir qancha dolzarb masalalar ham suhbatning asosiy mazmunini tashkil etgan.
Беруний номидаги ЮНЕСКО–Ўзбекистон мукофоти таъсис этилди
Парижда ЮНЕСКО Ижроия кенгашининг 220-сессияси бўлиб ўтди. Унда аъзо мамлакатлар бир овоздан “Сунъий идрок одоб-ахлоқи соҳасидаги илмий тадқиқотлар учун Беруний номидаги ЮНЕСКО–Ўзбекистон мукофоти”ни таъсис этиш ташаббусини қўллаб-қувватлади.
Мазкур ташаббус Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев томонидан сунъий идрокни ривожлантиришда ахлоқий жиҳатларни тарғиб этиш ва бу борадаги илмий ҳамкорликни рағбатлантириш мақсадида илгари сурилган.

Беруний мукофоти инклюзивлик ва маданий хилма-хилликка алоҳида эътибор берган ҳолда сунъий идрок одоб-ахлоқи соҳасидаги изланишларни рағбатлантиришга қаратилган. Бу Ўзбекистон билан ЮНЕСКО ўртасидаги илмий-маданий алоқаларни мустаҳкамлаш, буюк мутафаккир ва қомусий олим Абу Райҳон Беруний илмий меросини халқаро миқёсда оммалаштиришда муҳим қадам бўлади.
Бу сунъий идрок одоб-ахлоқи соҳасидаги ютуқлар учун бериладиган БМТ тизимидаги илк халқаро мукофот саналади. У ҳар икки йилда бир маротаба уч нафар ғолибга топширилади. Тақдирлаш сунъий идрок соҳасидаги илмий тадқиқотларни юксалтирувчи ва ахлоқий тамойилларнинг амалда қўлланилишини намойиш этувчи лойиҳа ва ташаббуслар учун амалга оширилади. Ғолибларга пул мукофоти, сертификат ва медал топширилади.

Мукофотнинг илк тақдимоти 2025 йил ноябрь ойида Самарқанд шаҳрида ЮНЕСКО Бош конференциясининг 43-сессияси доирасида ўтказилиши режалаштирилган.
Ғолиблар сунъий идрок соҳасидаги етакчи мутахассислардан иборат мустақил халқаро ҳакамлар ҳайъати томонидан аниқланади.
Ушбу мукофот сунъий идрокни ишлаб чиқишда нафақат ахлоқий ёндашувларнинг муҳимлигига урғу беради, балки жаҳоншумул чақириқларга ечим топишга йўналтирилган халқаро илмий ҳамкорликни мустаҳкамлаш бўйича янада кенг қамровли саъй-ҳаракатларнинг бир қисми ҳисобланади.
https://uza.uz/uz/posts/beruniy-nomidagi-yunesko-ozbekiston-mukofoti-tasis-etildi_649026
O‘ZBEKISTON XALQARO MADANIY MEROS HAFTALIGI
Islamov Sharifjon Ganidjanovichning tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
Islamov Sharifjon Ganidjanovichning 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari ixtisosligi bo‘yicha “Turkiston islohotchilarining XX asr boshlaridagi bahslari: mustamlaka inqirozi sharoitida iqtisodiy, ijtimoiy va diniy muammolar” mavzusidagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, DSc.02/30.12.2019.Tar.44.01 raqamli Ilmiy Kengashning 2024-yil 13-noyabr kuni soat 14:30 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100170, Toshkent shahri, M.Ulugʻbek tumani, M.Ulugʻbek ko‘chasi 79-uy. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti.
Tel.: (99871) 262-54-61;
E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
More...
Она тилимизга эътибор кўрсатиш
Президент: Она тилимизга эътибор кўрсатиш – миллий мустақиллигимизга, Ватанимизга меҳр ва эътибор кўрсатиш демакдир
«Mahtumquli» tanlangan asarlar kitobining taqdimoti o‘tkazildi
Ashxobod shahrida o‘zbek tilida chop etilgan «Mahtumquli» tanlangan asarlar kitobining taqdimoti o‘tkazildi
O'ZBEKISTON XALQARO MADANIY MEROS HAFTALIGI
''Sharq Renessanslari fenomeni: saltanatlar,dinlar,shaxslar va tamaddunlar" mavzudagi xalqaro anjumani doirasida OAV uchun intervyu.
Mirzo Ulug'bek tavalludining 630 yilligi
Buyuk qomusiy olim va davlat arbobi Mirzo Ulug'bek tavalludining 630 yilligi munosabati bilan anjuman
 
                 
                 
                 
                 
                 
                 
                 
                 
                 
                 
                 
                 
                