"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI


Warning: Creating default object from empty value in /home/diaatuz/domains/beruni.uz/public_html/components/com_k2/views/itemlist/view.html.php on line 743
Yangiliklar

Yangiliklar (504)

Wednesday, 05 February 2025 10:47

"Xalq mulki"

Sharqshunoslik instituti ilmiy xodimlari Ne'matilla Jabborov hamda Jahongir Ostonov O'zbekiston tarixi telekanalida efirga uzatilgan "Xalq mulki" ko'rsatuvida Xoja Ahmad Yassaviy hayoti, maqbarasi haqida gapirdi. 

Fan tarixi sohasi og‘ir judolikka uchradi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zosi, fizika-matematika fanlari doktori, professor Galina Pavlovna Matviyevskaya 95 yoshida Orenburg shahridagi uyida vafot etdi.
G. P. Matviyevskaya 1930-yilda Dnepropetrovsk (hozir Ukraina Respublikasining Dnepr shahri)da tug‘ilgan. 1954-yilda Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) universitetining matematika mexanika fakultetini tamomlagan, 1959-yilda SSSR Fanlar akademiyasi (hozirgi Tabiatshunoslik va Rossiya texnika Fanlar tarixi akademiyasi)ning institutida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. O‘sha yili u O‘zbekiston Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika institutiga o‘rta asrlar Sharqidagi fanlar tarixi bo‘yicha tadqiqotlarni kuchaytirish uchun taklif qilindi. 1968-yilda u doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi (ilmiy maslahatchisi - akademik S. X.Sirojiddinov). U B.A.Rozenfeld bilan birgalikda jahon fondlarida saqlanayotgan arab tilidagi matematika va astronomiyaga oid qoʻlyozmalar katalogini tuzgan, shogirdlari bilan birgalikda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutidagi matematik qoʻlyozmalarining tavsifini amalga oshirgan.
G.P.Matviyevskaya yurtimizdan yetishib chiqqan Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Shamsiddin Samarqandiy va Mirzo Ulug‘bek, Samarqandda faoliyat olib borgan Qozizoda Rumiy, Jamshid Koshiy va boshqa olimlarining ilmiy merosini o‘rganish va targ‘ib qilish, shuningdek, ilm-fan tarixi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashdagi xizmatlari uchun Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti (1974), “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” faxriy unvoni (1980) bilan taqdirlangan. U O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi muxbir a’zosi (1984), so‘ngra O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi (2000) etib saylangan edi.
G. P.Matviyevskaya ko‘ptilli olima edi - u lotin, ingliz, nemis, fransuz va arab tillarini bilgan, YUNESKO tomonidan tabiiy fanlar tarixi bo‘yicha yirik mutaxassis sifatida tan olingan va Xalqaro fanlar tarixi akademiyasining (Parij) haqiqiy a’zosi etib saylangan, U al Xorazmiy, Dekart, Beruniy, Ulug‘bek, V.I.Romanovskiy, Abdurrahmon as-So‘fiy haqida kitoblar nashr ettirgan, sharqshunoslik sohasiga ilmiy to‘plamlar tuzuvchisi va bosh muharriri bo‘lgan, Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning 1200 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan yubiley (1983) tadbirlarini o‘tkazishda faol ishtirok etgan.
O‘zbekistonda sharqshunoslik fanining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli olim Galina Pavlovna Matviyevskayaning yorqin xotirasi qalbimizda hamisha saqlanib qoladi.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi jamoasi nomidan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.

Saturday, 25 January 2025 14:53

Tafakkur gavhari

?Turkmaniston xalqining milliy lideri, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning “Tafakkur gavhari” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Баҳром Абдуҳалимов, ЎзРФА вице президенти, Абу Райҳон Беруний номидаги Шарқшунослик институти директори, профессор: "Замон тезкорликни талаб этмоқда"

— 2024 йилда мамлакатимизнинг маданий-гуманитар соҳасидаги энг йирик воқеалардан бири, ҳеч шубҳасиз, Муҳтарам Президентимиз ташаббуси билан ташкил этилган Ўзбекистондаги Ислом цивилизацияси марказининг илмий-маърифий ва ташкилий фаолияти бўлди.

Марказ асрлар давомида Ўзбекистон жаҳон цивилизациясининг ажралмас қисми ва ислом маданияти марказларидан бири бўлганини акс эттириб, халқимизнинг бой ўтмиши ва илм-маърифат ривожига қўшган ҳиссасини намоён этишга қаратилган йирик мегалойиҳага айланиб улгурди.

2024 йилда марказнинг илмий-маърифий ва халқаро ҳамкорлик соҳасидаги фаолияти сезиларли даражада фаоллашди. Жорий йил июль ойида ўтказилган “Буюк аждодлар мероси — Учинчи Ренессанс пойдевори” форуми бу борадаги энг муҳим воқеалардан бири бўлди. Форумда 500 га яқин олим иштирок этди ва Ўзбекистондаги Ислом цивилизацияси марказининг мақсадлари, вазифалари, амалга оширган ишлари ҳамда янги лойиҳалари атрофлича муҳокама қилинди. Билдирилган таклиф ва тавсиялар асосида янги “йўл харитаси” лойиҳаси ишлаб чиқилди.

2025 йилда Ислом цивилизацияси маркази билан ҳамкорлик янада юқори босқичга кўтарилишига ишонамиз. Қиладиган хайрли ишларимиз кўп, замон эса тезкорликни талаб этмоқда.

Янги йилда маҳаллий ва хорижий олимлар халқимизнинг бой ўтмиши, илм-фан ривожига қўшган улкан ҳиссасини тадқиқ қилишда янги марраларни эгаллаб, тарих зарварақларига муҳрланишини кутиб қоламиз.

Кириб келган Янги йил барчамизга муборак бўлсин!

Page 9 of 36

BIZ BILAN BOG'LANISH

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…