"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI

Warning: Creating default object from empty value in /home/diaatuz/domains/beruni.uz/public_html/components/com_k2/views/itemlist/view.html.php on line 743
2026-yil 11-mart kuni OʻzR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida Ilmiy seminar majlisi bo‘lib o‘tdi.
? Seminarda mazkur institut katta ilmiy xodimi, t.f.n. Usmanov Ibrohim Sabirovichning “Hakim Termiziy asarlarining fiqh ilmi rivojidagi oʻrni” mavzusidagi dissertatsiyasi ko‘rib chiqildi. Mazkur ish tarix fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan.
? Shuningdek, OʻzR FA Sharqshunoslik instituti kichik ilmiy xodimi Karimov Sherzod Shavkat oʻgʻlining “Xondamirning "Dastur al-vuzaro" asari Temuriylar davlat boshqaruviga oid muhim manba” mavzusidagi dissertatsiyasi ham muhokama qilindi. Ushbu tadqiqot tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan.
✅ Seminar davomida ishtirokchilar tomonidan fikr-mulohazalar bildirildi va tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, har ikkala dissertatsiya ishi OʻzR FA Sharqshunoslik instituti huzuridagi Ilmiy kengashda himoya qilish uchun tavsiya etildi.






Sizni OʻzR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti huzuridagi DSc.05/2025.27.12.Tar.06.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar majlisiga taklif etamiz.
? Sana: 2026-yil 11-mart (chorshanba)
? Vaqt: 10:00
Seminar davomida quyidagi dissertatsiyalar muhokama etiladi
? Usmanov Ibrohim Sabirovich – t.f.n., dotsent, OʻzR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi
? “Hakim Termiziy asarlarining fiqh ilmi rivojidagi oʻrni”
? Ixtisoslik: 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari.
Tarix fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun.
? Karimov Sherzod Shavkat oʻgʻli – OʻzR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti kichik ilmiy xodimi
? “Xondamirning "Dastur al-vuzaro" asari Temuriylar davlat boshqaruviga oid muhim manba”
? Ixtisoslik: 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari
Tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun.
Barcha qiziquvchilarni seminar majlisida faol ishtirok etishga taklif etamiz.
Seminarda onlayn ishtirok etish uchun ZOOM havolasi ???
https://zoom.us/j/95593101768?pwd=4Rme9C7Vah2nNaxm0LQ8uWwRBeugJL.1
955 9310 1768
210637
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti bosh ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori, professor, akademik Dilorom Yusupova oʻz hayot yoʻli misolida mehnat qilishning ahamiyati va uning mevasi haqida mulohazalarini bildirdi.
Videoning sifatli variantini mana bu yerda (https://youtu.be/6ER5gjb2HCs) koʻrishingiz mumkin.
Eslatma: video yuqori (9–11) sinf oʻquvchilari va OTM talabalari uchun tayyorlandi.
Ayni kunlarda Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida Birinchi turkiy qurultoyning yuz yilligi nishonlanmoqda va unga bag'ishlangan xalqaro konferensiya o'tkazilmoqda. Unda O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti direktori tarix fanlari doktori, professor Bahrom Abduhalimov ham ishtirok etmoqda. Tadbir davomida professor B. Abduhalimov so'zga chiqib, ilk qurultoy haqidagi o'z fikrlarini izhor etdi:
"Qurultoy XX asr boshlarida turkologiya ilmiy va madaniy muhitidagi dolzarb masalalariga alohida diqqat qaratgan va uning ishida taqdim etilgan ma'ruzalarda gumanitar, ijtimoiy fanlar va turkologiyaning dolzarb masalalari aks ettirilgan va aniq takliflar ilgari surilgan".


Batafsil: https://science.gov.az/az/news/open/35166