"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI


Warning: Creating default object from empty value in /home/diaatuz/domains/beruni.uz/public_html/components/com_k2/views/itemlist/view.html.php on line 743

Tarixnavis va manbashunos olima Dilorom Yusupova ilmiy rahbarlik masalalari, dissertatsiyalar sifati, Temuriylar davri manbalari va O‘zbekistonda ilm-fanning buguni hamda kelajagi haqida ochiqcha fikr bildirdi.

2026-yil 26-fevral kuni Sharqshunoslik institutida maʼmuriyat va kasaba uyushmasi o‘rtasida 2024-2026-yillar uchun tuzilgan Jamoa shartnomasining 2025-yilda bajarilishi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda institut direktor o‘rinbosari S. Jumayev va institut kasaba uyushmasi raisi B. Xodjayevalar hisobot berdi. Yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar taklif-mulohazalar bildirib, o‘tgan davr mobaynida olib borilgan ishlarni qoniqarli deb topdi va dalolatnoma komissiyasi axborotini maʼqulladi. 

 

 E’LON

27-fevral kuni

 Soat 10:00 da

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti huzuridagi mustaqil izlanuvchilik institutiga

07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari ixtisosligi bo‘yicha suhbat o‘tkaziladi.

Imtihon topshiruvchi nomzodlar o'z vaqtida ishtirok etishingizni so'raymiz.

22-fevral kuni Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida «Temuriylar davrida ilm-fan va madaniyat rivoji» mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

Seminarda oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda yosh tadqiqotchilar ishtirok etdilar. Tadbir davomida ishtirokchilarga Temuriylar davrida erishilgan ilmiy yutuqlar haqida nazariy ma’lumotlar berildi. Shuningdek, o‘sha davr ilm-fan taraqqiyotini aks ettiruvchi noyob qo‘lyozma asarlar hamda mavzuga doir institutda amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar bilan atroflicha tanishtirildi.

Seminar jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va san’at homiysi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida»gi 2026-yil 5-fevraldagi PQ–46-sonli Qarorining mazmun-mohiyati ham batafsil tushuntirildi.

Seminar moderatori: institut katta ilmiy xodimi, tarix fanlari nomzodi Hamidulla Lutfillayev.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va san’at homiysi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi PQ-46-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xalqaro Amir Temur jamoat fondi tomonidan nashr etilgan yangi kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Amir Temur hayotligida yozilgan nodir manbalardan biri — G‘iyosuddin Ali qalamiga mansub "Hindiston yurishi kundaligi" hamda tarixchi olimlarning maqolalaridan iborat ingliz tilidagi "Amir Temur’s Legacy of Wisdom" jamoatchilikka taqdim etildi.

Taqdimot Amir Temur merosini o‘rganish va ommalashtirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.

 

Page 4 of 112

BIZ BILAN BOG'LANISH

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…